AsosiyDunyo

Yaponiyada ayollarga samolyot va vertolyot boshqarishga ruxsat berildi

Yaponiya mudofaa vazirligi yaqin 2,5-3 yil ichida ayollardan bir qancha harbiy qo`shinlarda foydalanish maqsadida ayollar shaxsiy tarkibidan iborat baza tashkil etadi, deb xabar berdi “RIA Novosti” nashri. 

Shu paytgacha xizmat davomida katta jismoniy kuch talab etilishi va sharoitning noqulayligi tufayli ayollar harbiy xizmatga jalb etilmagan. Raqibning tank va quruqlikdagi boshqa texnikalarini nishonga olib, vertolyotdan zarba berish ekipaji tarkibiga ayollar ham kiritiladi. Dengiz harbiy kuchlari mudofaasida esa ayollar suv osti kemasi va raketa tashuvchi samolyotlari ekipaji tarkibiga kiritiladi. Yaponiya  Mudofaa vazirligi 2030 yilga qadar harbiy ayollar sonini 13 mingdan 20 mingga oshirishni ko`zda tutgan.

    Boshqa yangiliklar