AsosiyDunyo

Oxirgi sutkada dunyoda 283 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi

'Oxirgi sutkada dunyoda 283 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni  

  • 175 million 987 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  
  • shundan 3 million 811 mingdan ziyod kishi vafot etgan (15.06.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 17:21 holatiga ko`ra).  

 

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 283 487 yangi holati aniqlandi.

  • 7 814 nafar bemor vafot etdi.

 

Jons Xopkins universitetining hozirgi (16.06.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni  

  • 176 million 642 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  
  • ulardan 3 million 822 mingdan ortig`i vafot etgan.

 

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:

  • AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 33,140 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  
  • Ikkinchi o`rinda Hindiston (29,570 milliondan ortiq),  
  • uchinchi o`rinda Braziliya (17,412 milliondan ortiq),
  • to`rtinchi o`rinda Fransiya (5,636 milliondan ortiq),  
  • beshinchi o`rinda esa Turkiya (5,336 milliondan ortiq).

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 8 197, Hindistonda 60 471, Braziliyada 37 948, Fransiyada 407, Turkiyada esa 5 626 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 2 milliard 405 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.

 

    Boshqa yangiliklar