1

“Chegara” filmi suratga olinmoqda

Madaniyat 16.06.2021, 16:24
“Chegara” filmi suratga olinmoqda

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Vatan” kinostudiyasi tomonidan Hilol Nasimov rejissyorligida 2 qismdan iborat “Chegara” badiiy filmining suratga olish ishlari boshlandi.  

Mazkur kinokartina chegarachilar hayoti, ularning chegara ortidagi mashaqqatli zahmati va kasbiga bo`lgan fidoyiligi haqida yaratiladi. Shuningdek, film voqealari zamirida bag`rikenglik, tinchlik, qo`shni davlatlar bilan do`stona munosabatlar kabi mavzular o`rin olgan.  

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Umid Malikov, postanovkachi rassom Isobek Egamberdiev, kartina direktori  Shohrux Nasimov,  kompozitor Dmitriy Yanov Yanovskiy, ovoz rejissyori Abduqahhor Karimov.

“Chegara” filmida Bobur Yo`ldoshev, Fotih Nasimov, Zumrad Eshonqulova, Angelina Tursoatova, Ra`no Shodieva, Vazira Yunusova, Bahrom Usmonov kabi aktyorlar o`ziga xos rollarni ijro etmoqda.  

Suratga olish ishlari Qoraqalpog`iston Respublikasida, Surxondaryo viloyati, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bo`lib o`tmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1