1

Buxoro turizm texnikumi Indoneziyaning Panchasila universiteti bilan hamkorlikni yo`lga qo`ydi

Madaniyat 17.06.2021, 22:39
Buxoro turizm texnikumi Indoneziyaning Panchasila universiteti bilan hamkorlikni yo`lga qo`ydi

Bugun, 17 iyun kuni “Madaniy meros va ziyorat turizmi orqali ma`naviyatni uyg`otish: Indoneziya va O`zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro amaliy videokonferensiya o`tkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xalqaro konferensiyani O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda Indoneziya turizm va ijodiy iqtisodiyot vaziri Sangiaga Unolar ochib berdilar.

Konferensiya doirasida Indoneziyaning Panchasila Universiteti (Pancasila University, Indonesia) va Buxoro turizm texnikumi o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum asosida qo`shma ta`lim dasturlari ishlab chiqiladi va professor-o`qituvchilar hamda xodimlarning o`zaro tajriba almashinuvi yo`lga qo`yiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1