“Islom davlati”(DAISh)terrorchilik harakati so`nggi 14 oy ichida Suriya va Iroqdagi o`z tasarrufidagi yirik hududlaridan ayrildi, deb yozadi “Lenta.ru”.
Mazkur ma`lumotlarni IHS tahlil agentligining tadqiqotlari natijasida taqdim etildi.
Agentlik vakillarining hisob-kitoblariga ko`ra, DAISh terrorchilik tashkiloti bu vaqt ichida neft savdosi bilan bog`liq daromadlarining 40 foizidan mahrum bo`ldi.
Tahlilchilar buni terrorchilar Suriya-Turkiya chegarasi ustidan nazoratni yo`qotgani bilan izohlamoqda.





