AsosiySport

Janubiy Koreyada o`zbekistonliklar havaskor futbol klubi tashkil qildi

'Janubiy Koreyada o`zbekistonliklar havaskor futbol klubi tashkil qildi'ning rasmi

Inchon shahrida Janubiy Koreyadagi o`zbekistonliklar tomonidan havaskor futbol klubi tashkil etildi. Shu munosabat bilan bugun klubning tantanali ochilish marosimi va futbol musobaqasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Tadbirda elchixona xodimlari, «Koreya ko`p madaniyatli san`at uyushma»si raisi An Gyum Sang hamda jamoaga homiylik qilgan firma va kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga Janubiy Koreyada birinchi tashkil etilgan O`zbekistonliklar havaskor futbol klubi jamoasi, bosh murabbiy va o`yinchilar va boshqa mas`ullar tanishtirildi.

Ushbu O`zbekistonliklar havaskor futbol jamoasi Koreya Respublikasining turli shaharlaridagi mehnat qilayotgan migrant ishchilar, talabalar va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlardan tarkib topgan. Ular orasida o`zbek futbol maktablarida tarbiyalangan malakali yoshlar ham bor.

Klub yaqinda Janubiy Koreyadagi xorijiy davlatlarning havaskor futbol jamoalari o`rtasida o`tkaziladigan turnirda ishtirok etadi. Mazkur musobaqada jamoa O`zbekistonning Seuldagi elchixonasi, «Koreyadagi o`zbekistonliklar uyushmasi» va homiylar tomonidan qo`llab-quvvatlanadi.

Tadbir yakunida O`zbekistonliklar havaskor futbol klubi va Inchon shahridagi havaskor futbol jamoasi o`rtasida o`rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.

Ushbu o`yinda O`zbekistonliklar havaskor futbol klubi va Inchon shahridagi havaskor futbol jamoasini 4:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

    Boshqa yangiliklar