FIFA milliy terma jamoalarning yangi reytingini e`lon qildi. Reyting championat.com portalida e`lon qilindi.
Reytingda O`zbekiston Milliy terma jamoasi avvalgi yildagi kabi o`z o`rnida — 86-pog`onada qoldi.
Osiyoda terma jamoamiz Yaponiya, Eron, Koreya, Avstraliya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Iroq, BAA, Xitoy, Suriya, Ummondan keyin 12-o`rinda bormoqda.
FIFA reytingini 1883 ball bilan Belgiya terma jamoasi boshlab bergan. Ikkinchi o`rinni Fransiya, uchinchi o`rinni esa Braziliya band etgan.






