AsosiySport

Vadim Abramov iste`foga chiqarildi, Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

'Vadim Abramov iste`foga chiqarildi, Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini yakunladi'ning rasmi

O`zbekiston futbol assosiasiyasining navbatda tashqari kongressida O`FA prezidenti Abdusalom Azizov Vadim Abramov boshchiligidagi murabbiylar shtabi iste`foga chiqarilganligini ma`lum qildi.

Futbol bo`yicha milliy terma jamoaning yangi murabbiyi kim bo`lishi 1 oy ichida hal qilinishi kutilmoqda. Bunda Evropalik mutaxassislar ham, mahalliy murabbiylar nomzodi ham ko`rib chiqiladi.

Shuningdek, Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma`lum qildi.

"Asosiy muammolarimizdan biri biz bolalar futbolini to`g`ri yo`lga qo`ymaganmiz. Fundament bo`lmaganidan keyin natija ham bo`lmaydi. Milliy jamoadagi faoliyatimni yakunladim", – dedi u.

Jamoa yarimhimoyachisi Aziz Haydarov va bosh murabbiy Vadim Abramov muxlislardan mag`lubiyat uchun uzr so`rashdi.

    Boshqa yangiliklar