O`zbekiston dunyodagi eng baxtli mamlakatlar reytingida 49 – va Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1 – pog`onadan joy oldi, deb xabar beradi “Uz24.uz”.
SDSN tashkiloti va Kolumbiya universiteti (AQSh) dunyoning eng baxtli mamlakatlar reytingi «World Happiness Report 2016»ni tuzdi.
Bunda mamlakat aholisi o`rtasida o`tkazilgan so`rovlar asosiy mezon sifatida olindi. Shuningdek, 2013-2015 yillardagi makroiqtisodiy ko`rsatkichlar, fuqarolarni ijtimoiy ta`minlanish darajasi, sog`liqni saqlash, aholi jon boshiga YaIM hisobga olindi.
Ushbu reytingda O`zbekiston Markaziy Osiyo davlatlarini ortda qoldirib, 49 - o`rinni band etdi. Bundan tashqari, mamlakatimiz Italiya (50) Yaponiya(53), Rossiya (56) Janubiy Koreya (58) va boshqa mamlakatlardan yuqori pog`onada qayd etildi.
Daniya mazkur reytingda etakchilik qilgan bo`lsa, undan keyingi o`rinni Shveysariya band etdi. Uchinchi o`rinda Islandiya qayd etildi.
Natijalarga ko`ra, Afg`oniston, Suriya va Togoda yashaydigan insonlar o`zlarini baxtsiz his qilishadi.





