2021 yil 16 iyun kuni ijtimoiy tarmoqda "Kuniga 50 ta bayonnoma yozadigan GAI" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi YHXBB ma`lumot berdi.
Video lavha o`rganilganda, 2021 yil 14 iyun kuni Toshkent viloyati, Angren shahar IIB YHXB YPX xodimi Sh.Safarov Angren shahar, Ibn Sino ko`chasida "Lada Largus" rusumli avtomobil haydovchisini xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi bois to`xtatgan va unga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Video lavhada haydovchining talabiga ko`ra YPX xodimi tomonidan ko`rsatilgan dislokasiya ko`chirmasining muddati 2020 yil qilib belgilanganligi aytilgan. Shuningdek, haydovchi telefonda muloqot qilgan bo`lim boshlig`i S.Abdurasulov YPX xodimi xavfsizlik kamari bo`yicha kuniga 50 ta bayonnoma yozishi kerakligini ta`kidlagan.
Mazkur holatlar yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB mas`ullari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.






