AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ko`p kvartirali uylarni boshqarishda nimalar o`zgaradi?

'O`zbekistonda ko`p kvartirali uylarni boshqarishda nimalar o`zgaradi?'ning rasmi

Prezident qarori bilan 15 ta hududdagi 1227 ta uy kommunal va ta`mirlash xizmatlarini ko`rsatadigan, obodonlashtirish va boshqa ishlar bilan shug`ullanadigan boshqaruv kompaniyalariga beriladi. 6085 ta ko`p qavatli uylarni ta`mirlash uchun 734 milliard so`m, ta`mirlash dasturiga 100 mlrd so`m ajratiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan keyin qurilgan uylar quruvchi boshqaruviga topshiriladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi. 

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev «Ko`p qavatli uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida"gi qarorni imzoladi, deb xabar berdi «O`zbekiston 24» telekanali.

Birinchi bosqichda — 2022 yil 1 iyulgacha Qoraqalpog`iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi 15 ta hududda 180 ming kishi istiqomat qiladigan 1227 ta uy uchun yangi boshqaruv va xizmat ko`rsatish tizimi joriy etiladi. May oyining oxirida prezident uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri Sherzod Hidoyatovga 14 ta shahardagi 1100 dan ortiq ko`p qavatli uylarga xizmat ko`rsatuvchi boshqaruv kompaniyalarini tajriba sifatida tanlab olishni topshirgan edi.

Ushbu 15 hududda 90 ta avtoturargoh, 128 ta chiqindi yig`ish punkti, 3400 ta yakka tartibdagi uylar (uchastkalar), 30 ta maktab, 64 ta bolalar bog`chasi va 9 ta oliy o`quv yurti mavjud.

Ushbu hududlar quyidagi vazifalarni bajaradigan boshqaruv xizmati kompaniyalariga beriladi:

  • tanlangan hududlarda joylashgan barcha xususiy uylar va tashkilotlarga kommunal va ta`mirlash xizmatlarini ko`rsatish;
  • mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda hududlarni obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish;
  • eng qisqa vaqt ichida turli xil baxtsiz hodisalarni bartaraf etish uchun tunu kun dispetcherlik xizmatini tashkil etish.

Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri yordamchisi Artyom Kreskosning aytishicha, ko`p qavatli uylarni boshqarish va umumiy mulkni saqlash, shuningdek, tutash hududlarni obodonlashtirish bo`yicha ochiq tender o`tkaziladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar