AsosiyDunyo

1 sentyabrdan MDH davlatlari fuqarolari uchun Rossiyaga kirish tartibi o`zgaradi — endi ular faqat "COVID-19 siz sayohat qil" ilovasi orqali mamlakatga kira oladi

'1 sentyabrdan MDH davlatlari fuqarolari uchun Rossiyaga kirish tartibi o`zgaradi — endi ular faqat "COVID-19 siz sayohat qil" ilovasi orqali mamlakatga kira oladi'ning rasmi

  2021 yil 1 sentyabrdan Rossiya Federasiyasiga kirish MDH mamlakatlarining barcha fuqarolari uchun faqat «Puteshestvuy bez COVID-19» (COVID-19siz sayohat qil) ilovasi orqali kirish mumkin bo`ladi.

Barcha mamlakatlarga qo`shilish qat`iy tavsiya etilgan», — deb e`lon qildi MDH Iqtisodiy kengashi yig`ilishida Rossiya Federasiyasi Bosh vazir o`rinbosari Aleksey Overchuk. U 1 iyuldan «COVID-19siz sayohat qil» ilovasi orqali kirish Evroosiyo iqtisodiy kengashiga a`zo mamlakatlar uchun, 1 sentyabrdan esa Rossiya ushbu tartibni MDH mamlakatlari uchun ham joriy etilishiga aniqlik kiritdi.    

«Hamdo`stlik mamlakatlari odamlari uchun Rossiyaga kirib kelish imkoni bo`lishi uchun bunga juda jiddiy munosbatda bo`lishingizni so`rayman», — deb ta`kidladi Overchuk.

Uning so`zlariga ko`ra, raqamli platforma qalbaki ma`lumotlardan chetlashishga yordam beradi. Afsuski, bunday holatlar hozir juda ko`payib ketgan va ularni tekshirishning iloji yo`q, deb yozadi «AsiaRlus».

Evroosiyo iqtisodiy kengashiga a`zo mamlakatlar fuqarolari uchun integrasion birlashma hududida pandemiya sharoitida erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun tuzilgan «COVID-19siz sayohat qil» ilovasi joriy yil fevral oyida ishga tushirilgan edi. U iOS va Android operasiya tizimlari uchun ham ochiq bo`ladi.

Mazkur platforma yordamida koronavirusga test o`tkazish uchun klinika tanlash va tahlil natijalarini olish mumkin. Ular havolada saqlanadi va aks etadi.  

Ilova Evroosiyo iqtisodiy kengashiga a`zo mamlakatlari o`rtasida sayohatga chiqish oldidan Covid-19ga tahlil topshirish uchun  yaqin eng yaqin laboratoriyani topish imkonini ham beradi. Bunda chegarani kesib o`tish paytida nazoratchiga tahlil natijasi bo`yicha QR-kodni ko`rsatish kerak bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar