Qozog`istonda koronavirusning yangi mutasiyasi aniqlandi, u hind shtammiga o`xshashligi aytilmoqda. Bu haqda Tengrinews Qozog`iston Sog`liqni saqlash vazirligi xabariga asoslanib xabar berdi.
Mutasiya mamlakat poytaxti Nur-Sultonda kasallanish keskin oshganidan so`ng o`tkazilgan COVID-19 uchun testlarning PSR-skrining tekshiruvidan so`ng aniqlandi. Mutasiya virusning hind shtammiga juda o`xshash.
Ta`kidlanishicha, mutasiyaning mavjudligi va uning hind shtammiga tegishli ekanligi to`g`risida yakuniy tasdiqlash DNK namunalarini o`rganish tugagandan so`ng amalga oshiriladi.
Qozog`istonda 21 iyun holatiga ko`ra 21 564 kishi koronavirus bilan kurashmoqda. Kecha, 20 iyun kuni mamlakatda 930 ta yangi holat aniqlandi, shundan 215 tasi Nur-Sultonda kuzatilgan.






