1

Bugun "Matonat" filmining premerasi bo`lib o`tadi

Madaniyat 22.06.2021, 09:20
Bugun "Matonat" filmining premerasi bo`lib o`tadi

Bugun 22 iyun kuni Kinematografiya agentligida “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olingan "Matonat" hujjatli filmining o`zbek va rus tillaridagi premerasi o`tkaziladi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

"Matonat" filmi Agentlik va Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda suratga olingan. Ushbu hujjatli film II jahon urushida qatnashgan 101 o`zbekistonlik yurtdoshimiz haqida bo`lib, film urushda G`alabaga qo`shgan hissasi hamda Gollandiyaning Amersfort shahrida joylashgan konslagerlarda halok bo`lgan o`zbek askarlariga bag`ishlanadi.  

Film rejissyori Shuhrat Mahmudov, ssenariy muallifi Roziqa Mergenbaeva, operatorlar Rifqat Ibragimov, Rustam Magadiev, rassom Bektosh Rajabov.

Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan may oyida o`tkazilgan kinohaftalik doirasida Toshkent va Samarqandda ushbu hujjatli filmning katta namoyishi bo`lib o`tgan edi.  

Premeraga kinomutaxassislar, taniqli kinoijodkorlar, OAV vakillari va yoshlar taklif etilgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1