AsosiyDunyo

Turkiyada 1 iyuldan boshlab komendantlik soati bekor qilinadi

'Turkiyada 1 iyuldan boshlab  komendantlik soati bekor qilinadi'ning rasmi

Turkiya hukumati koronavirusga qarshi choralarni 1 iyundan boshlab allaqachon yumshatgan: kafe va restoranlar, shuningdek sport zallari ochilgan edi.

Koronavirus pandemiyasi sababli Turkiyada joriy qilingan komendantlik soati 1-iyuldan boshlab butunlay bekor qilinadi, dedi davlat prezidenti Toyyib Erdo`g`an. Bu haqda  RIA Novosti xabar bermoqda.

"Bugun Vazirlar Mahkamasining yig`ilishida biz qaror qabul qildik: 1 iyuldan komendantlik soati butunlay bekor qilinadi. Davlat muassasalari normal ish vaqtiga qaytadi. Jamoat transportidan foydalanish bo`yicha yosh cheklovlari bekor qilindi", - dedi Erdo`g`an televizion murojaatida. 

    Boshqa yangiliklar