AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 1 apreldan tabiiy gaz narxi qimmatlashadi

1 apreldan O`zbekiston aholisi va ulgurji iste`molchilarga beriladigan tabiiy gaz uchun yangi tariflar joriy qilinadi. Bu haqda “O`ztransgaz" AK axborot xizmati xabar berdi.

Shunga ko`ra:

Aholiga beriladigan tabiiy gazning 10 kubometri hisoblagich bo`lgan holda - 2260 so`m;

hisoblagich bo`lmagan holda ovqat pishirish va issiq suv ta`minoti uchun ishlatiladigan gazning 10 kubometri- 3908,3 so`m

isitish uchun foydalaniladigan gazning 10 kubometri - 1812,5 so`m etib belgilandi.

Ma`lumot uchun, oxirgi marta joriy yilning 1 oktyabr sanasidan boshlab aholi uchun beriladigan tabiiy gaz narxi oshirilgan edi.

    Boshqa yangiliklar