AsosiyDunyo

Gruziyada komendantlik soati va ko`chada niqob taqib yurish bekor qilindi

'Gruziyada komendantlik soati va ko`chada niqob taqib yurish bekor qilindi'ning rasmi

Gruziya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli o`tgan yilning noyabrida mamlakatda joriy qilingan komendantlik soatini hamda odamlarning ko`chada tibbiy niqob taqib yurish tartibini bekor qilish to`g`risida qaror qabul qildi, dedi bosh vazir Irakliy Garibashvili.

«Bundan buyon ochiq havoda tibbiy niqob taqib yurish majburiy emas, faqat transport va yopiq binolar bundan mustasno. Shuningdek, 1 iyuldan boshlab komendantlik soati ham bekor qilinadi», – dedi bosh vazir jurnalistlar uchun uyushtirgan brifingda.

    Boshqa yangiliklar