1

Kun hikmati

Mutolaa 17.03.2016, 12:12
Kun hikmati

Besaranjom odam chinakam baxtli bo`lolmaydi: chinakam baxt osoyishta, yoz faslidagi dengiz singari vazmin bo`ladi.

Gersen

***

Siz agar baxt orqasidan quvib qachondir unga etishsangiz, ko`zoynagini axtargan kampir singari, baxt doim burningiz ostida yurganini sezib qolasiz.  

Bernard Shou

***

Baxt havoda esmaydi, mehnatdan keladi.

Rudakiy

***

Baxt ko`p mehnat qilganga nasib bo`ladi.

Leonardo da Vinchi

***

Kishi boshqalarga qancha shodlik va baxt ulashsa, u faqat o`shancha shodlik va baxtga da`vogar bo`lishi mumkin.

Feyxtersleben

***

Hayotda faqat birgina chinakam baxt bor, u ham bo`lsa boshqalar uchun yashamoqlikdir.

Tolstoy

***

Ba`zilar o`zlari bilmaganlari holda baxtli yashaydilar.

Vovenarg

***

Baxt qushi boshga qo`nganda undan foydalana bilmagan odam u qo`lidan ketganda nolimasligi kerak.

Servantes

***

Istagan huzur-halovat ham baxt emas, u huzur-halovatlar halol va pok bo`lmog`i kerak.

Tomas Mor

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1