Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni
- 178 million 503 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,
- shundan 3 million 872 mingdan ziyod kishi vafot etgan (22.06.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 17:44 holatiga ko`ra).
- Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 281 610 yangi holati aniqlandi.
- 6 349 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (23.06.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 11:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni
- 179 million 164 mingdan ortiq odam yuqtirgan,
- ulardan 3 million 882 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:
- AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 33,190 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
- Ikkinchi o`rinda Hindiston (29,977 milliondan ortiq),
- uchinchi o`rinda Braziliya (17,927 milliondan ortiq),
- to`rtinchi o`rinda Fransiya (5,650 milliondan ortiq),
- beshinchi o`rinda esa Turkiya (5,375 milliondan ortiq).
Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 2 milliard 687 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.






