Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni
- 178 million 837 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,
- shundan 3 million 880 mingdan ziyod kishi vafot etgan (23.06.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 17:40 holatiga ko`ra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 296 106 yangi holati aniqlandi.
- 6 990 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (24.06.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni
- 179 million 599 mingdan ortiq odam yuqtirgan,
- ulardan 3 million 891 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:
- AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 33,230 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
- Ikkinchi o`rinda Hindiston (30,028 milliondan ortiq),
- uchinchi o`rinda Braziliya (17,966 milliondan ortiq),
- to`rtinchi o`rinda Fransiya (5,651 milliondan ortiq),
- beshinchi o`rinda esa Turkiya (5,381 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 13 790, Hindistonda 50 848, Braziliyada 38 903, Fransiyada 978, Turkiyada esa 6 143 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 2 milliard 731 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.






