Kecha, 16 mart kuni Toshkentdagi Next savdo-ko`ngilochar majmuasida Korzinka.uz do`koni ochildi. Bu haqda ushbu supermarketlar tarmog`ining Facebook’dagi sahifasida ma`lum qilindi.

Do`kon Next savdo markazining birinchi qavatida joylashdi.
Eslatib o`tamiz, Next savdo-ko`ngilochar majmuasida avval faoliyat yuritgan Trend supermarketi 2016 yil 1 martdan o`z faoliyatini to`xtatgan edi.





