O`zbekiston milliy terma jamoasining hujumchisi Eldor Shomurodov klub ro`yxatdan o`tishini o`zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Shira xabar bermoqda.
Jurnalistning so`zlariga ko`ra, "Yuventus" o`zbek futbolchisining transferi bo`yicha "Jenoa" bilan muzokara olib bormoqda. "Yuventus" rahbariyati Shomurodov so`nggi paytlarda eng yaxshi futbol namoyish qilmayotgan Alvaro Morataning o`rnini egallashi mumkin deb hisoblamoqda.
Eslatib o`tamiz, 25 yoshli o`zbekistonlik futbolchi "Jenoa" safida Italiya chempionatida 31 uchrashuv o`tkazgan. Shomurodov ushbu uchrashuvlarda 8ta gol urib, bitta samarali uzatmani amalga oshira olgan.






