JSST ma`lumotlariga ko`ra, kasallanish holati qayd etilishi bo`yicha Rossiya yana birinchi beshtalik mamlakatlar orasiga kirdi. Bu haqda SSV Axborot xizmati xabar bermoqda.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni
-179 million 241 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,
-shundan 3 million 889 mingdan ziyod kishi vafot etgan (24.06.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 16:24 holatiga ko`ra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 398 737 yangi holati aniqlandi.
9 025 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (25.06.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 11:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni
-180 million 002 mingdan ortiq odam yuqtirgan,
-ulardan 3 million 900 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:
-AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 33,243 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
-Ikkinchi o`rinda Hindiston (30,082 milliondan ortiq),
-uchinchi o`rinda Braziliya (18,054 milliondan ortiq),
-to`rtinchi o`rinda Fransiya (5,653 milliondan ortiq),
-beshinchi o`rinda esa Rossiya (5,388 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 12 874, Hindistonda 54 069, Braziliyada 87 822, Fransiyada 2 320, Rossiyada esa 20 182 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 2 milliard 766 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.






