1

“Chana” filmi yana bir mukofotni qo`lga kiritdi

Madaniyat 25.06.2021, 14:36
“Chana” filmi yana bir mukofotni qo`lga kiritdi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Yoshlik kinostudiyasi» DUK tomonidan suratga olingan, «Debyut-2020» yoshlar kinoalmanaxidagi 18 ta filmlardan biri bo`lgan «Chana» qisqa metrajli filmi Buyuk Britaniyaning Buntingford shahrida o`tkazilgan «Buntingford qisqa metrajli filmlar festivali»da maxsus diplom bilan mukofotlandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Mazkur kinofestival asosan talabalar uchun mo`ljallangan bo`lib, unda turli janrdagi qisqa metrajli filmlar baholanadi. Professional va havaskorlik darajasidagi kinokartinalar ko`rib chiqiladi.  

“Chana” filmining ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Suxrob Qodirov, postanovkachi operator Nortoy Yo`ldoshev, rassom Alisher To`laboev, kompozitor Ubaydullo Karimov, ikkinchi rejissyor Dilshod Usmonov, badiiy rahbar Shuhrat Rizaev.

Ma`lumot uchun, mazkur film joriy yilning 1-5 iyun kunlari Rossiyaning Yaroslavl shahrida bo`lib o`tgan «Svet miru» xalqaro yoshlar kinofestivalida maxsus diplom bilan mukofotlangan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1