AsosiyDunyo

Rossiyada O`zbekiston fuqarosi tug`ilgan kunini nishonlayotgan hamyurtini pichoqlab qo`ydi

'Rossiyada O`zbekiston fuqarosi tug`ilgan kunini nishonlayotgan hamyurtini pichoqlab qo`ydi'ning rasmi

Sankt-Peterburgdagi Marshal Jukov ko`chasida joylashgan kafeda O`zbekiston fuqarosini pichoqlab o`ldirgan gumonlanuvchining shaxsiga oydinlik kiritildi.  Bu haqda daryo  “78.ru”ga tayanib yozmoqda.

Aniqlanishicha, 24-iyun kuni soat 01:20 larda spirtli ichimlik ichib olgan ikki nafar O`zbekiston fuqarosi o`rtasida mojaro yuzaga kelgan. O`zaro tortishuv oqibatida 21 yoshli yigit shu kuni o`zining 26 yoshini nishonlayotgan tanishini pichoqlab qo`ygan. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Gumonlanuvchi voqea joyidan oq rangli Lada Vesta avtomobilida berkingan. Polisiya hozirda uning joyini aniqlash bilan shug`ullanmoqda.

    Boshqa yangiliklar