El ardog`idagi aktrisa To`ti Yusupova 85 yoshida olamdan o`tdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Aktrisa 1936 yil 10 mart kuni Samarqand viloyatida tug`ilgan. U ijodiy faoliyatini 1957 yildan boshlagan To`ti Yusupova kino va teatrda qator turli obrazlarni yaratdi. U "Abdullajon", "Ko`ngil ko`chalari", "Voiz", "Dilxiroj", "Kichkina odamlar", "Shabnam", "Jazo", "Ojiza", "Nazira", "Berlin-Oqqo`rg`on" kabi ko`plab filmlarda suratga tushgan.
Aktrisani xalqqa tanitgan mashhur rollaridan biri "Kelinlar qo`zg`oloni" spektaklidagi Sotti obrazi.
To`ti Yusupova kino va teatrdagi samarali mehnati uchun "El-yurt hurmati", "Fidokorona xizmatlari uchun", "Mehnat shuhrati" ordenlari bilan taqdirlangan.






