Avvalroq, O`zbekiston xalq artisti To`ti Yusupova vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Madaniyat vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O`zbekiston xalq artisti To`ti Yusupovaning vafoti haqidagi xabarlarni rad etmoqda.
"Shuni ma`lum qilamizki, ayni paytda san`atkorning ahvoli yaxshi. Shu bois bu borada OAV vakillari va yurtdoshlarimizdan asossiz xabar tarqatmasliklarini so`rab qolamiz",–deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o`tamiz, To`ti Yusupovaning vafot etgani haqidagi yolg`on xabarlarning tarqalishi birinchi marta kuzatilayotgan holat emas.






