Bosh prokuror o`rinbosari Shavkatjon RAHIMOVning ma`lum qilishicha, 2 yil davomida 120 ming gektardan ziyod er talon-toroj bo`lgan yoki hokimlar tomonidan maqsadsiz berib yuborilgan. 2 yilda prokurorlar tomonidan 7500 dan ortiq erga oid qarorlarni bekor qilishga oid protest kiritilgan. Ma`muriy sudlar tomonidan erga oid tuman hokimlarining 2500 dan ortiq qarori bekor qilingan. Erga oid qonunchilik bo`yicha 588 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Yangi qabul qilingan “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta`minlash, erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyatiga ko`ra, ana shu kabi adolatsizliklar, qonunbuzarliklarga chek qo`ya oladimi? Mas`ullar sharhlaridan bu savolga javob topamiz.
YaNGI TARTIB: NIMALAR O`ZGARADI?
Ruslanbek DAVLETOV, Adliya vaziri:
— Prezident Farmoniga ko`ra, erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, er ajratish va undan foydalanishda nazoratni kuchaytirishga oid bir qator yangi tartiblar belgilandi. Masalan:
BIRINChIDAN, erga bo`lgan huquq turlari 6 tadan 3 taga qisqartirilmoqda. Ya`ni, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqlari bilaner ajratish amaliyoti to`liq tugatilmoqda, bunda xususiy sektor uchun – mulk va ijara huquqini, davlat tashkilotlari uchun – doimiy foydalanish huquqini qoldirish nazarda tutildi.
IKKINChIDAN, noqishloq erlarni shaffof ajratish maqsadida quyidagi tartiblar belgilandi:
- hokim qarori asosida erlarni to`g`ridan-to`g`ri va tekinga berish amaliyotini butunlay bekor qilish;
- O`zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslariga – xususiy mulk qilib sotish, xususiylashtirish mumkin bo`lmagan erlarni hamda xorijiy shaxslarga – ijara huquqini elektron auksionda sotish;
- harbiylar, kam ta`minlangan oilalar, turar joyi buzilishga tushganlar erlarni to`g`ridan-to`g`ri va bepul berish o`rniga auksiondan er sotib olish xarajatlarini qoplab berish tizimini joriy etish;
- jismoniy va yuridik shaxslar ixtiyorida bo`lgan erlarni haq evaziga xususiylashtirish.
UChINChIDAN, qishloq xo`jaligi erlarini ajratishda erni barchafuqaro va tashkilotlarga ochiq tanlov asosida berish (amalda MChJ, dehqon xo`jaliklariga tanlovsiz beriladi).
TANLOVSIZ ER BERISh AMALIYoTI QAYSI HOLLARDA SAQLAB QOLINADI?
— Tanlovsiz er berish faqat Hukumat qarori asosida quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlangan yirik investisiya loyihasi tashabbuskoriga – loyiha qiymati kamida 10 mln. AQSh dollari bo`lganda va oldindan kamida 10 foizini depozitga qo`yganda (bunda chet elliklarga ijara muddati 25 yildan oshmasligi lozimligi belgilanmoqda);
- bog`dorchilik, polizchilik va uzumchilik shirkatlari tuzish, yordamchi qishloq xo`jaligi yuritish uchun er berish tartibini bekor qilish;
- yangi ajratiladigan qishloq xo`jaligi er maydoni o`lchami va ijara muddatini bugungi kun talablari asosida belgilash ko`zda tutilgan.
MAZKUR O`ZGARTIRIShLAR ORQALI QANDAY NATIJALARGA ERIShISh MUMKIN?
Yangi tartibning joriy qilinishi bilan:
- erlarni talon-toroj qilish, o`zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy sotish keskin kamayadi;
- erlar barcha uchun bir xil va shaffof tartibda ajratiladi;
- er bozor aktiviga aylanadi va moliyaviy oborotga kiradi;
- er ajratish tartibi yagona hujjat – Er kodeksida belgilanadi;
- er sohasida davlat va jamoatchilik nazoratining samaradorligi ortadi.
FARMON NEGA JAMOATChILIK MUHOKAMASIGA QO`YILMADI?
— Buning sababi, agar Farmon e`lon qilinib, jamoatchilik muhokamasiga qo`yilganda, ayrim noqonuniy jarayonlar birdan kuchayib ketish ehtimoli mavjud edi. Shuning uchun orqa fonda, Bosh prokuratura nazorati ostida qabul qilinishi mumkin bo`lgan qarorlarni to`xtatib turib, moratoriy e`lon qilib, shu yo`sinda ushbu Farmon qabul qilindi. Davlat miqyosida erlar talon-toroj qilinmasligi maqsadida shunday yondashuv qilindi, biroq javobgarlik bo`yicha qonun muhokamasi jamoatchilikka taqdim etildi va juda yaxshi kutib olindi. Unda barcha mexanizmlar batafsil yozilgan.
AUKSION ORQALI ER AJRATIShDA INSON OMILI QANChALIK SAQLANIB QOLINADI? — Inson omilini to`liq yo`qotib bo`lmaydi. Uni maksimal darajada minimallashtirish mumkin. U qaerlarda saqlab qolinadi? Birinchi, er auksionga chiqariladi, deganda inson omili saqlanib qoladi. Chunki erni kimdir auksionga chiqarish kerak.
Bugungi kunda buning muammoli bo`lgan joylari bo`lgan.
Masalan, ayrim tumanlarda erlar auksionga chiqarilmagan. Nimaga? Chunki to`g`ridan-to`g`ri erni ajratish imkoni bo`lgandan keyin yaxshi erlar shu tarzda to`g`ridan-to`g`ri ajratilgan. “Yoshlar kelajagimiz” dasturi uchun, deyilgan. Mahallaga guzar qo`yib berish uchun, deyilgan. 1 sotix joyiga mahalla guzari qurishadi-da, buyog`ida 20 sotix joyni chiroyli joydan berib yuboradi. Yoki hech kim olmaydigan, uzoq erlardan qo`yilgan auksionga. Masalan, auksionga 26 mingta er chiqarilgan bo`lsa, shundan 14 mingtasi sotilgan. Bundan davlat hisobiga 270 milliard so`m pul tushgan. Oldin shu pul ham tushmagan. 2020 yil 1 yanvardan auksionda er sotish yo`lga qo`yilgan bo`lsa, yomon emas bu raqam. Lekin bizning prognozlarimizga asosan mutasaddilar erni auksionga chiqarishga majbur bo`lishadi. Chunki tadbirkorlik, servis, rivojlanish talab qilingandan keyin ular erni auksionga chiqarishiga to`g`ri keladi. Auksionga chiqarilgandan keyin qolgan jarayonlar 100 foiz avtomatlashtirilgan:
- ishtirok;
- hujjatni rasmiylashtirish avtomat;
- er bo`yicha hokim qaror rasmiylashtirmaydi. Ya`ni avtomatik ravishda inson omilisiz hujjat rasmiylashtiriladi.
"JAVOBGARLIK KESKIN KUChAYTIRILDI"
Shavkatjon RAHIMOV, Bosh prokuror o`rinbosari:
— Er sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik keskin kuchaytirildi.
Xususan:
- noqonuniy egallangan erlar to`g`risida xabar bermaslik, ularda qurilgan imoratlarni kommunikasiya tarmoqlariga ulab berganlik uchun yangi ma`muriy javobgarlik kiritildi;
- sug`oriladigan erlarda o`zboshimchalik bilan qurilish qilgan shaxslar to`g`ridan-to`g`ri jinoiy javobgarlikka tortiladi (amalda javobgarlik ma`muriydan keyin belgilangan);
- er sohasida barcha ma`muriy jarimalarni tayinlash vakolati kadastr organlariga o`tkaziladi;
- erni noqonuniy sotganlik uchun yangi jinoiy javobgarlik kiritildi.
Sardorbek RAHMONQULOV, “Darakchi” gazetasi 24 (1151) 17 IYuN 2021 Y