Saudiya Arabistonida qirol Salmonning jiyani shahzoda Fahd bin Turkiy bin Abd al-Aziz xoinlikda ayblanib, o`limga mahkum etildi. Bu haqda shahzodaning qarindoshlaridan biri ismi sir qolishi sharti bilan, AQSh Fors ko`rfazini o`rganish institutiga (Gulf Institute) ma`lum qildi.
Qirollik ma`murlari ilgari Yamandagi urushda Saudiya Arabistoni kuchlariga qo`mondonlik qilgan shahzodani hukumatga qarshi to`ntarish tashkillashtirishda ishtirok etgan deb hisoblamoqda.
Ta`kidlanishicha, shahzodaning maqsadi Qirol Salmonni va uning o`g`li — mudofaa vaziri va mamlakatning amaldagi hukmdori Muhammad bin Salmonni lavozimidan chetlashtirish bo`lgan. Shahzoda qirollik harbiy sudi tomonidan aybdor deb topildi.
Institut bilan suhbatlashgan mutaxassislarning ma`lum qilishicha, hibsga olishga go`yoki Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon aloqador. Shu tarzda u hibsga olingan shaxsning oilasini davlat xazinasini to`ldirishga majburlamoqchi: mamlakatda iqtisodiy ahvol yomonlashayotgani taxmin qilinmoqda.
Fahd bin Turkiy 2020 yil sentyabr oyida o`g`li Abdul Aziz bilan birga korrupsiyada ayblanib hibsga olingandi. Abdul Aziz o`shanda Al-Juf viloyati gubernatorining o`rinbosari bo`lib ishlardi.
Podshoh Abdullaning vafotidan so`ng Fahd bin Turkiyning deyarli barcha o`g`il-qizlari hibsga olingan yoki korrupsiyaga qarshi kurashda boyliklari musodara qilingan.






