«Barselona» prezidenti Joan Laporta Lionel Messi bilan yangi shartnoma hali imzolanmagani borasida fikrini bildirdi.
«Muzokara jarayoni davom etmoqda. U klubda qolmoqchi. Biz ham Messining qolishini istaymiz. Hozirda yangi shartnoma shartlari bo`yicha izlanishdamiz», - deya Kataloniya klubi prezidentining so`zlarini keltirmoqda Sport.es sayti.
Eslatib o`tamiz, Messining «Barsa» bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etgan va argentinalik 34 yoshli hujumchi hozirda erkin agent hisoblanadi.
Ma`lumot uchun, Messi La Liga yakunlangan mavsumida 35 o`yinda 30ta golga mualliflik qilgan.






