AsosiyDunyo

Germaniya harbiylari Afg`onistonni tark etdi

'Germaniya harbiylari Afg`onistonni tark etdi'ning rasmi

Germaniya harbiylari Afg`onistonni tark etdi. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer ARD telekanaliga bergan intervyusida aytib o`tdi, deb xabar qildi Kommersant nashri.

Germaniyalik harbiylarning so`nggi guruhi 30 iyun kuni Afg`onistonni tark etdi. GFR Mudofaa vaziri askarlarni hududdan chiqarilishini «muhim tarixiy voqea» deb atadi.

«Biz Afg`onistondan tezda evropacha namunadagi davlatni yarata olamiz, degan noto`g`ri taassurotni uyg`otdik», — dedi u.

Germaniya NATO ittifoqdoshlari bilan birgalikda islom respublikasiga bundan keyin ham yordam berish yo`llarini izlamoqda. «Hattoki, bizning mamlakatdagi harbiy ishtirokimiz o`z yakuniga etgan taqdirda ham biz Afg`oniston tomonida qolishimiz kerak, — dedi u. — Misol uchun, biz mahalliy aholini qo`llab-quvvatlashimiz mumkin».

Vazir harbiy alyans ichida ayni vaqtda NATO qaysi yo`l orqali Afg`oniston armiyasini qo`llab-quvvatlashi mumkinligi haqida so`z borayotganini aytib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar