Tojikiston futbol ligasi iyun oyi yakunlariga ko`ra, Tojikiston Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqladi.
TFF rasmiy sayti xabariga ko`ra, Xo`jandning «Esxata» klubi forvardi o`zbekistonlik Akobir To`raev oyning eng yaxshi o`yinchisi deb topilgan. O`zbekiston yoshlar jamoasi sobiq hujumchisi «bankchilar» safida o`tgan oyda 3ta golga mualliflik qilgan bo`lsa, joriy mavsumda jami 8ta gol kiritib, to`purarlar safida bormoqda.

Oyning eng yaxshi murabbiy deya Dushanbening «Istiqlol» klubi ustozi Vitaliy Levchenko topilgan. Laureatlar Coca-Cola Tojikiston Oliy ligasi 12-turi oldidan pul mukofoti va esdalik sovg`a bilan taqdirlanadi, deyiladi Tojikiston futbol federasiyasi matbuot xizmati xabarida.
24 yoshli Akobir To`raev «Buxoro» va «Paxtakor» jamoalari sharafini himoya qilgan.






