Kecha, 2 iyul kuni Meksika ko`rfazidagi suv osti quvuridan benzin oqishi oqibatida okean yuzasida dahshatli yong`in yuzaga keldi.
Meksikaning Yukatan yarim orolining g`arbiy qismida yuzaga kelgan yong`in bir necha soatdan keyin o`chirilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, yong`inni uchta qayiq o`chirgan. Xabar qilinishicha, qurbonlar yo`q.






