Fransiya va Meksika raisligidagi “BMT-Ayollar” tuzilmasi tomonidan o`tkazilayotgan tadbirda xorijiy davlatlar rahbarlari, jahon parlamentlari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Forumda O`zbekiston Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva ham nutq so`zladi. Bu haqda Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati ma`dum qildi.
Forumda ishtirokchilar tomonidan zo`ravonlikning oldini olish, mehnat sohasida huquqlar va adolatni, reproduktiv salomatlikni ta`minlash, texnologiyalar rivojlanishi nuqtai nazaridan gender tenglik, ta`lim olish imkoniyatlari va boshqa masalalarni muhokama qilingan. Bundan tashqari, “Tenglik avlodi: xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va teng huquqli kelajak” kampaniyasi doirasida 2030 yilgacha gender tenglikka erishish bo`yicha aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgani aytilmoqda. Malum qilinishicha, Gender tenglikka erishish uchun aniq hamkorlik aloqalarini o`rnatish belgilab olingan.
Tadbir doirasida 100 dan ortiq virtual tadbirlar o`tkazilishi ta`kdlangan va “Harakatlar koalisiyasi: Gender tenglikni tezlashtirish dasturi” qabul qilingan.






