AsosiyMadaniyat

Bosh vazir o`rinbosari yosh kinoijodkorlar bilan uchrashdi

'Bosh vazir o`rinbosari yosh kinoijodkorlar bilan uchrashdi'ning rasmi

Bugun Kinematografiya agentligida Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi.

Agentlik rahbariyati va yosh kinoijodkorlar ishtirokidagi mazkur uchrashuvda Bosh vazir o`rinbosari sohada yoshlarga berilayotgan e`tibor, ularning yutuq va kamchiliklari haqida yosh kinoijodkorlarning o`zlari bilan samimiy suhbat olib bordi.

Shuningdek, uchrashuv davomida 30 iyul — Xalqlar do`stligi kuni munosabati bilan suratga olinayotgan videoroliklar bo`yicha ham gaplashildi. Bundan tashqari, yoshlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qisqa metrajli filmlarni moliyalashtirishda hukumat hamda Turizm va sport vazirligi ko`magi bilan olib borilayotgan ishlar haqida ma`lumot berildi.

Uchrashuv davomida Aziz Abduhakimov yoshlarning ham fikr va takliflarini tinglab, ularning kelgusidagi faoliyatida, o`qish va ishlarida omad tiladi.

 

    Boshqa yangiliklar