Jons Xopkins universitetining hozirgi (05.07.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni
- 183 million 784 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan,
- ulardan 3 million 977 ming nafardan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:
- AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda 33,717 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
- Ikkinchi o`rinda Hindiston (30,585 milliondan ortiq),
- uchinchi o`rinda Braziliya (18,769 milliondan ortiq),
- to`rtinchi o`rinda Fransiya (5,848 milliondan ortiq),
- beshinchi o`rinda esa Rossiya (5,544 milliondan ortiq).
Dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 3 milliard 192 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.






