AsosiySport

Toshkent viloyatida Olimpiadaga yo`llanma olgan sportchilar taqdirlandi

'Toshkent viloyatida Olimpiadaga yo`llanma olgan sportchilar taqdirlandi'ning rasmi

Joriy yilning 2 iyul kuni Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida “Yoshlar — bizning kelajagimiz!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Tokiodagi Olimpiya hamda Paralimpiya o`yinlari uchun yo`llanmaga ega bo`lgan sportchilarni turli xil sovg`alar bilan taqdirladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, tadbirda parasuzish sportidan Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlariga yo`llanma olgan Islom Aslonovga 2 xonali uy, taekvondo WTF bo`yicha terma jamoa a`zosi Svetlana Osipova hamda yunon-rum kurashchisi Elmurod Tasmuradovlarning har biriga Spark avtomobili, paralimpiyachilar Shahnoza Mirzaeva hamda Haitmurod Sherqo`zievga 50 million so`mdan pul mukofoti, Saidjabbor Dadaxonovga esa zamonaviy sport velosipedi sovg`a qilindi.

Ma`lumot uchun, Tokio Olimpiadasi 23 iyuldan 8 avgustgacha bo`lib o`tadi, unda O`zbekistondan jami 62 nafar sportchi ishtirok etadi.

Boshqa yangiliklar