AsosiyDunyo

JSST: oxirgi sutka davomida dunyoda 362 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati aniqlandi

'JSST: oxirgi sutka davomida dunyoda 362 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati aniqlandi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni  

183 million 560 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  

shundan 3 million 978 mingdan ziyod kishi vafot etgan (05.07.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 17:54 holatiga ko`ra).  

 

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 362 132 yangi holati aniqlandi.

  • 6 894 nafar bemor vafot etdi.

 

Jons Xopkins universitetining hozirgi (06.07.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni  

  • 184 million 150 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  
  • ulardan 3 million 984 mingdan ortig`i vafot etgan.

 

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:

  • AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 33,378 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  
  • Ikkinchi o`rinda Hindiston (30,585 milliondan ortiq),  
  • uchinchi o`rinda Braziliya (18,742 milliondan ortiq),
  • to`rtinchi o`rinda Fransiya (5,674 milliondan ortiq),  
  • beshinchi o`rinda esa Rossiya (5,635 milliondan ortiq).

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 3 milliard 229 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar