1

Kun hikmati

Mutolaa 22.03.2016, 10:22
Kun hikmati

Farzand ato qullig`in chu odat qilg`ay,
Ul odat ila kasbi saodat qilg`ay,
Har kimki atog`a ko`p rioyat qilg`ay,
O`g`lidan anga bu ish siroyat qilg`ay.

 Alisher Navoiy

***

Izzat-hurmat ota va onani, shuningdek, bolalarni ham qo`riqlab turuvchi posbondir: u ota-onani kulfat va g`amdan, bolalarni esa, vijdon azobidan qutqaradi.

 Onore de Balzak

***

Ko`rnamak o`g`il begonadan yomon. U jinoyatchidir, chunki onaga nisbatan e`tiborsiz bo`lishga o`g`ilning haqqi yo`q.

 Gi de Mopassan

***

“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”. 
 

Abdulla Avloniy 

***

Gap kimning bolasi ekanligingda emas, kim bilan ulfat tutinganligingda.
 

Servantes

***

Siz ota-onangiz bilan qanday muomalada bo`lsangiz, bolalaringiz ham siz bilan shunday muomala qilishini yodda tuting.

Fales

***
Qarindoshlar o`rtasidagi adovat begonalar bilan bo`ladigan adovatdan ancha og`irdir. 

Demokrit

***
Ajdodlarga hurmatsizlik axloqsizlikning birinchi belgisidir.

Pushkin

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1