Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qilishicha, vakolatli tashkilotlar va saxiy insonlar ko`magida pandemiya sharoitida xorijda murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj O`zbekiston fuqarolarini qo`llab-quvvatlash, moddiy-huquqiy yordam ko`rsatish, ularni vatanga qaytarishga e`tibor qaratilmoqda.
Shu borada bugun, 7 iyul kuni Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda O`zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida salomatligi yomonlashgani tufayli O`zbekistonga qaytishga majbur bo`lgan fuqaro A.O Novosibirsk – Toshkent aviareysi orqali O`zbekistonga qaytarilishiga amaliy yordam berildi.
Fuqaroni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi mas`ul xodimlari kutib olgan va yashash manziliga kuzatilgan.