AsosiySport

Tekbol sport turi umumta`lim maktablaridan boshlab ommalashtiriladi

'Tekbol sport turi umumta`lim maktablaridan boshlab ommalashtiriladi'ning rasmi

Shu maqsadda O`zbekiston Tekbol federasiyasi tomonidan Xalq ta`limi vazirligi tizimidagi umumta`lim maktablariga 100 dona tekbol sport jihozi topshiriladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 38-sonli umumta`lim maktabida “Tekbol” sport turining jihozlarini qabul qilib olishga bag`ishlangan tantanali marosimi bo`lib o`tgan. Tadbirda Xalq ta`limi vazirligi, O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi hamda O`zbekiston tekbol federasiyasi vakillari ishtirok etgan. O`zbekiston Tekbol federasiyasi raisi O.Kasimov tomonidan belgilangan rejaga muvofiq ilk bosqichda respublikamizning barcha hududlaridagi umumta`lim maktablariga 100 dona tekbol sport jihozlarini topshirish bo`yicha Xalq ta`limi vazirligiga sertifikat taqdim etilgan.

Shuningdek, ushbu tadbirda Farhod Tojiev, Islom Inomov, Kamoliddin Murzoev, Aziz Ibragimov, Shavkat Salomov kabi taniqli futbolchilar ham ishtirok etib, yoshlarga tekbolni qanday o`ynash borasida mahorat darslari namoyish etishgan.

Boshqa yangiliklar