1

Behbudiy haqida hujjatli film suratga olinmoqda

Madaniyat 07.07.2021, 19:27
Behbudiy haqida hujjatli film suratga olinmoqda

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "Brand pro media" kinostudiyasi tomonidan Mahmudxo`ja Behbudiy haqida hujjatli film tasvirga olinmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Filmda taniqli dramaturg, publisist, jamoat arbobi Behbudiyning hayot va ijod yo`li haqida hikoya qilinadi. Film ssenariy muallifi Abduxamid Muxtorov, rejissyor Ibrohim Ahmedov, operator Sardor Anvarov. Hujjatli filmning suratga olish ishlari Samarqand va Toshkentda bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

O`tgan yil rejissyor Baqo Sodiqovning "Mahmudxo`ja Behbudiy" tarixiy-badiiy filmining premerasi bo`lib o`tgan edi. O`zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bag`ishlab mazkur badiiy film asosida 6 qismli serial ham yaratildi.  "Mahmudxo`ja Behbudiy"  serialining ssenariy mualliflari Baqo Sodiqov va Ulug`bek Sodiqov, rejissyor Baqo Sodiqov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1