AsosiySport

Balotelli faoliyatini Turkiyada davom ettiradi

'Balotelli faoliyatini Turkiyada davom ettiradi'ning rasmi

 «Milan» va Italiya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Mario Balotelli faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradigan bo`ldi.

Turkiya Superligasi debyutanti «Adana Demirspor» klubi italiyalik 30 yoshli forvard bilan 3 yillik kelishuvga erishganini rasman e`lon qildi. Shartnomani imzolash uchun Balotelli va uning agenti Mino Rayola Turkiyaga keldi. 

Faoliyati davomida «Inter», «Manchester Siti» va «Liverpul» safida to`p surgan Mario o`tgan mavsumni B Seriya vakili «Monsa» safida o`tkazib, turnirda o`tkazgan 14 o`yinda 6 ta golga mualliflik qilgan.

    Boshqa yangiliklar