Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi «Milliy PR-markaz» DUK O`zbekiston shaxmat federasiyasi bilan hamkorlik to`g`risidagi bitimni imzoladi.
Prezidentning «Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga muvofiq, Milliy PR-markazi va O`zbekiston shaxmat federasiyasi o`rtasidagi kelishuv doirasida shaxmat bo`yicha xalqaro miqyosda O`zbekistonning sayyohlik va sport salohiyatini rivojlantirish uchun ikki tomonlama o`zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish bo`yicha ish rejasi hamda shaxmat bo`yicha 30-35 daqiqali hujjatli videofilmni yaratish, uni mamlakatimizda va xorijda ommalashtirish, shaxmat sportini yanada rivojlantirish bo`yicha vazifalar rejasi tasdiqlandi.
Filmda O`zbekistonda shaxmatning ajoyib tarixi, uning jahon shaxmat sporti rivojiga ta`siri, buyuk o`zbek grossmeysterlarining jahon shaxmat maydonidagi o`rni haqida hikoya qilinadi.






