Tojikiston mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi (GKNB) Chegara qo`shinlari matbuot markazi xabariga ko`ra, Qirg`izistonning to`rt fuqarosi Tojikiston chegarasini noqonuniy ravishda kesib o`tgan va natijada otishma boshlandi, deb xabar qildi "Sputnik".
Ma`lum bo`lishicha, bugun, 8 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:55 da to`rt qirg`iz chegarachisi Sug`d viloyatida Tojikiston davlat chegarasini noqonuniy kesib o`tgan. GKNB ma`lumotlariga ko`ra, qirg`iz harbiylari fuqarolik va harbiy kiyimda bo`lib, Kalashnikov avtomatlari bilan qurollangan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qirg`izlar tojikistondan to`qqiz otni o`z hududiga olib o`tmoqchi bo`lgan.
Agentlikning ta`kidlashicha, qirg`iz chegarachilari tojiklarga qarata o`q uzgan. Javobdagi otishmada ikki qirg`iz chegarachisi yaralangan. Hozir voqea joyiga Tojikiston va Qirg`izistondan mas`ul shaxslar etib kelishdi.






