O`tgan yilning dekabr oyida xonanda Yulduz Usmonova telekanallardan birida Qoraqalpog`istonda yashash juda qiyinligini aytgan edi. Shuningdek, xonanda Qoraqalpog`iston O`zbekistonning "choponi engidagi" xalq ekanini ta`kidlagan. Yulduz Usmonovaning bu so`zlari Respublika aholisini va mahalliy "El xizmatida" gazetasi jurnalistlarini xafa qilgan. Shu sabab ular sudga murojaat qilishdi. Bu haqda Zamon.uz ma`lum qildi.
Sudga murojaat qilganlar Yu.Usmonovaning respublika aholisidan uzr so`rashini talab qilishmoqda. Ushbu ish bo`yicha sud jarayoni kecha, 7 iyul kuni Mirzo Ulug`bek fuqarolik sudida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan edi.
Biroq, Usmonovaning sog`lig`ida muammo borligi sababli sud jarayoni boshqa kunga qoldirildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, tegishli guvohnoma sudga taqdim etilgan hamda sud jarayoni 16 iyulga qoldirildi.