UEFA Angliya va Italiya o`rtasidagi Evro-2020 finalini boshqaradigan hakamlar ro`yxatini e`lon qildi.
Hal qiluvchi o`yinni niderlandiyalik Born Kuypers boshqaradi. Unga hamyurtlari Sander van Rukel va Ervin Zeynstra yordam berishadi. Zaxira hakami — ispaniyalik Karlos del Sorro.
VAR'da germaniyalik Bastian Dankert, Kristian Gittelmann va Marko Fris, shuningdek, niderlandiyalik Pol van Bukel ishlashadi.
Final 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.






