AsosiyJamiyat

Toshkentda "kolodes"ni tozalash uchun tushgan ikki fuqaroning ahvoli og`irlashgani aytilmoqda

'Toshkentda "kolodes"ni tozalash uchun tushgan ikki fuqaroning ahvoli og`irlashgani aytilmoqda'ning rasmi

Kecha 8 iyul kuni soat taxminan 16:55 larda Olmazor tumani, Chuqursoy ko`chasida joylashgan “Logistika yuk tushirish markazi” hududida mavjud chuqurlikni (kolodes) tozalash maqsadida tushgan ikki nafar fuqaroni havo etishmaslini natijasida ahvoli og`irlashgan. Bu haqda Toshkent shahar FVB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhi tomonidan fuqarolarni chuqurdan olib chiqilib, tez tibbiy yordam ko`rsatish xodimlariga topshirilgan.

Boshqa yangiliklar