AsosiyDunyo

Koronavirusning yangi shtammlari vaksinalarga nisbatan tezroq tarqalmoqda — JSST

'Koronavirusning yangi shtammlari vaksinalarga nisbatan tezroq tarqalmoqda — JSST'ning rasmi

JSST ma`lumotiga ko`ra koronavirusning yangi shtammlari vaksinalarga nisbatan tezroq tarqalmoqda:

Mamlakatlar o`rtasida dori vositalari va vaksinalarning taqsimlanishi notekis bo`lsa koronavirusga qarshi kurashda olib borilayotgan ilmiy yutuqlar ma`nosizdir, — deya ogohlantirdi JSST Bosh direktori Tedros Adan  Ghebreesus.  

"Koronavirus shtammlari vaksinalarni ishlab chiqarish va taqsimlashdagi tengsizliklar tufayli tarqalishda g`olib chiqmoqda, bu ham global iqtisodiy tiklanishga tahdid solmoqda", deya qo`shimcha qildi u.

Shuningdek, JSST direktori dunyoda koronavirus qurbonlari soni 4 milliondan oshib ketganini ma`lum qildi. aslida o`lim ko`rsatkichi rasmiy ma`lumotlardan ko`p bo`lishi mumkin.

Ma`lumot uchun, JSST «Sputnik V»  vaksinasini baholashda davom etmoqda.

Argentina Sog`liqni saqlash vazirligi "Sputnik V" dan so`ng tez-tez uchraydigan nojo`ya ta`sirlarni aniqladi.

Portugaliyada koronavirus bilan kasallangan bemorlarning 90 foizida delta shtammi aniqlandi.

Venesuelada Rossiyaning «EpiVakKorona» vaksinasidan foydalanishni ma`qullandi.

    Boshqa yangiliklar