AsosiyJamiyat

Xorazmda 28 tup daraxt noqonuniy kesilgani aytilmoqda

'Xorazmda 28 tup daraxt noqonuniy kesilgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Xorazm viloyati Yangibozor tumanida 30 yillik daraxtlar kesilmoqda" sarlavhasi ostida tarqalgan videomurojaat yuzasidan o`rganish ishlari olib borildi. Bu haqda Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda. 

O`rganish natijalariga ko`ra, Yangibozor tumani Yangiyop mahallasida joylashgan Yangibozor istiroxat bog`i hududida velosiped yo`lakchasi barpo etish maqsadida Yangibozor tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan noqonuniy ravishda 28 tup daraxt kesilgani aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasida Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda ma`muriy  bayonnomalar rasmiylashtirilib, tabiatga etkazilgan zararlar hisoblanmoqda.

Holat yuzasidan yana qo`shimcha ma`lumotlar beramiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar